Kitoblar olami – sayyoradagi eng konservativ olam bölsa kerak. Har ikkinçi kitobxon kitob borasida tanqidlarga uçraydi: kerakli adabiyotni öqimayapsan, qiziqarli bölmagan kitobni yarmida taşlab ketding, axir uni oxirigaça öqişing kerak edi-ku! Mutolaaga osonroq munosabatda bölib, köproq narsani eslab qoliş va albatta undan zavq olişda yordam beradigan yondaşuvlar haqida hikoya qilamiz.

Kitobni yakunlaşingiz şart emas
Balki kitob qiziqarli bölib çiqmagandir? U holda qimmatli vaqtni sarf etişdan ne ma'no? Yaxşisi boşqa qiziqroq kitob mutolaasini boşlagan ma'qul. Ikkinçi sabab asosan non-fikşen janridagi ilmiy-ommabop kitoblarga tegişli. Ba'zida kitobning muayyan jihatlariga qiziqasiz, biroq içingizdagi boşqa bir ovoz barini öqişga majburlaydi. Unga quloq solmang. Keraklisini öqing. Vaqtni behuda sarflamang.
Ma'lumotni özlaştiring
Balki, zamonaviy odam kuniga 500 mingga yaqin sözdan foydalanişini tasavvur etiş qiyindir. Bu «Uruş va tinçlik» hajmidan ortadi. Gap kitoblar, internetdagi ma'lumotlar va boşqalar haqida. Axborot dunyosining eng katta muammosi: ma'lumotlarning kiçik qisminigina özlaştiramiz. Şuning uçun öqilgan kitob bir neça kundan keyin xayolimizdan kötariladi.
Ma'lumotni özlaştirişni örganing. Uning ustida işlang. Bilib olgan faktlaringiz haqida öylang. Döstlaringiz bilan muhokama qiling. Öz ijtimoiy tarmoqlaringizda bu haqida yozing. Ma'lumotga qança köp vaqt sarflasangiz, u xotirangizda uzoq vaqtga örin topiş ehtimoli ortadi.

Parçalarni qaytadan öqing
Bu köpinça non-fikşen kitoblarga tegişli. Agar biror ma'lumotni yodda qoldirişni istasangiz, kitobni öqib bölgaç, ertasi kuni eng muhim joylarini qaytadan öqiş tavsiya etiladi. Ma'lumotni qayta özlaştiriş bilan birga bu öqilganlarni yaxşiroq eslab qolişda yordam beradi.
Mutolaaga instrument kabi munosabatda böling
Mutolaa ma'lumotni özlaştirişning boşqa usullari kabi bizga bilim va könikma olişda zarur. Buni anglasangiz, mutolaa jarayoniga xotirjamlik bilan munosabatda bölasiz.










