Har kuni yarim soat piyoda sayr qiliş insult va qon quyilişi bilan boğliq kasalliklarga çaliniş xavfini pasaytiradi, deyiladi Neurology jurnalida çop etilgan maqolada.

"Biz jismoniy faollik miyani kasallik va nuqsonlardan himoya qilişiga yanada köproq guvoh bölmoqdamiz. Jismoniy faollik va insult oqibati darajasi örtasidagi boğliqlikni yanada yaxşiroq tuşunişimiz uçun köproq kuzatuv va tajribalar olib borişimiz kerak böladi", — deydi Şvetsiyaning Gotenburg universiteti olimasi Katarina Sunnerxagen.

Sunnerxagen va uning hamkasblari bir neça yil davomida universitet klinikasida insultga duçor bölgan va davolaniş kursini ötagan 2300ga yaqin bemorga tegişli ma'lumotlarni örganib çiqişdi.  Şifokorlar bemorlarni davolaş birga ularning qanday taomlar iste'mol qilişi, turmuş tarzi va miya qon tomirlari işi bilan boğliq boşqa omillarni örgandi. 

Ma'lum bölişiça, insultning oğir şakli rivojlanişining asosiy sababi jismoniy faol bölmaslik va köp ötiriş ekan. Ana şunday sust hayot keçiruvçilar miyaga qon quyilişiga muntazam ravişda jismoniy tarbiya bilan şuğullanadiganlarga nisbatan 1,2 marta köproq duç kelar ekan.   

Şifokorlarning sözlariga köra, haftasiga taxminan tört soat yoki kuniga yarim soat piyoda sayr qiliş va yengil jismoniy maşğulotlarni bajariş insultning noxuş oqibatlariga duç kelişdan saqlaydi.

Sunnerxagenning ta'kidlaşiça, sayr va jismoniy maşğulotlar insultdan himoya qiluvçi asosiy yoki yagona omil, deb xulosa çiqarişga hali erta. Olimlar darhaqiqat şundaymi-yöqmi ekanligini aniqlaş uçun yanada köproq odamlar guruhini kuzatişni rejalaştirişgan.