Foto: Prezident matbuot xizmati

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni mamlakatimizda amaliy taşrif bilan bölib turgan Missisipi ştati Milliy gvardiyasi qömondoni general Jyenson Boylz va AQŞ Kongressi Vakillar palatasi a'zosi Trent Kellini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, joriy yil may oyida AQŞga rasmiy taşrif davomida bölib ötgan oliy darajadagi samarali uçraşuv va muzokaralar mamlakatlarimiz örtasidagi strategik şeriklikda yangi davrni boşlab bergani va  uni aniq mazmun bilan boyitganini alohida ta'kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun köp qirrali Özbekiston-AQŞ munosabatlari izçil rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy, innovatsiya, investitsiya, fan va texnika, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda qöşma dastur va loyihalar amalga oşirilmoqda. 

Uçraşuvda Özbekiston Milliy gvardiyasi va tegişli idoralarining Missisipi ştati Milliy gvardiyasi bilan, jumladan, jamoat tartibini ta'minlaş va favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qiliş sohasida tajriba almaşiş, trening va tadbirlar ötkaziş borasida amaliy hamkorlikni rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.

Parlamentlararo aloqalarni kengaytiriş, şuningdek, Missisipi ştatining yetakçi korxonalari va kompaniyalari bilan savdo va innovatsiyalar, qişloq xöjaligi, ta'lim sohalarida şeriklikni mustahkamlaşga alohida e'tibor qaratildi.

General J.Boylz va kongressmen T.Kelli davlatimiz rahbariga samimiy qabul va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirişga doir aniq taşabbuslari uçun minnatdorlik bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mehmonlar mamlakatimizda sifat jihatidan yangi bosqiçda amalga oşirilayotgan, barça soha va yönalişlarni qamrab olgan islohot va özgarişlarni yuksak baholadilar. Samarali parlamentlararo va idoralararo muloqotlarni davom ettiriş, Özbekiston va AQŞ örtasidagi hamkorlik böyiça qöşma loyihalarni ilgari suriş işlarini faollaştirişga tayyorlik bildirdi.