AQŞ Özbekiston paxta mahsulotlarini bolalar mehnati orqali yetiştirilgan mahsulotlar röyxatidan çiqardi.  Bu haqda AQŞ Mehnat vazirligi Xalqaro mehnat işlari byurosi tayyorlagan hisobotda şunday deyiladi. 

Hisobotda aytilişiça,  Özbekiston va Paragvayda bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarşi kuraşda qator sa'y-harakatlar amalga oşirilgan va ilgari kuzatilgan salbiy amaliyot uçun AQŞ hukumatining "qora röyxati"da bölgandi.  

Hisobotda Özbekiston,Braziliya va Paragvay hukumatlari bolalar mehnati, majburiy mehnatning har qanday şakliga qarşi murosasiz kuraşga çoğlangani alohida e'tirof etildi. 

Xalqaro mehnat taşkilotiga köra, dunyodagi har 10 nafar bolaning biri turli körinişdagi mehnatga jalb etiladi va bu son 152 milliondan oşdi. Majburiy mehnatning turli şakllari bilan hisoblab çiqilganda, jahonda 25 million bola mehnatga majburlanadi.