Tadbirkorlik sub'yektlarini Andijon viloyatining kiçik sanoat zonalariga jalb etişga doir qöşimça-çora tadbirlar töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi.
“Huquqiy axborot” kanalining yozişiça, qaror bilan Andijon viloyatida foydalanilmayotgan işlab çiqariş maydonlari va yer uçastkalari negizida qöşimça ravişda kiçik sanoat zonalari taşkil etildi.
Qarorga muvofiq kiçik sanoat zonalari hududidagi davlat mulki tadbirkorlarga 10 yil muddatga ijaraga beriladi. Biznes-rejalar bajarilgan, iş örinlari taşkil etilgan va saqlab qolingan, barça soliqlar va boşqa majburiy tölovlar öz vaqtida tölangan taqdirda ularga mulk huquqi beriladi.
Ijaraga olingan maydonga ijara tölovi oşib boradigan koeffitsiyentlarni qöllamasdan minimal stavkalarda belgilanadi.
Şuningdek qarorga köra kiçik sanoat zonalari hududida umumiy qiymati 300 mlrd söm bölgan, importning örnini bosadigan va eksportga yönaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar işlab çiqariş yölga qöyiladi.











