Andijonning Asakasida elektrokarlar işlab çiqariş rejalaştirilmoqda.
Janubiy koreyalik tadbirkor, Roopertelcom Co.Ltd kompaniyasi ta'sisçisi Sung In Song Asaka tumanidagi Avtomobilsozlik kollejining işlab çiqariş binosida Koreya texnologiyasi asosida elektrokarlar işlab çiqariş loyihasini amalga oşiradi.

Birinçi bosqiç - elektrokarlarni yiğiş jarayonini taşkil etiş uçun 200 ming AQŞ dollari qiymatida töğridan-töğri investitsiya kiritiladi.

Ikkinçi bosqiç – işlab çiqarişni mahalliylaştiriş jarayoniga 2 million AQŞ dollari kiritilişi közda tutilgan. Rejaga köra, loyihaning birinçi bosqiçida xalq xöjaligi uçun texnika vositalarini yiğiş bilan birgalikda 100 nafar yangi iş örinlari yaratiladi. Şu bilan birgalikda kollej bitiruvçilari Koreyaning Geoje şahridagi kemalar işlab çiqaruvçi zavodida yetuk mutaxassis böliş uçun malaka oşiradilar.


Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri










