Toşkentdagi işbilarmon doiralar böş vaqtni ötkazişning yangi usulini muhokama qilmoqda. Dam olişning bu varianti miya faolligining odatdagi yuqori darajasidan farq qiladi. Gap «60 soniyada topiş» intellektual öyini haqida ketmoqda, deb yozadi Forbes Kazakhstan.

«ACP Game xalqaro loyihasi - bu «savol-javob» prinsipi böyiça öyin emas. Bu, avvalambor, öz vaqtining qiymatini biladigan va taşkilotning sifatini qadrlaydigan muvaffaqiyatli odamlar jamoasi. Iştirokçilar şunçaki öynaşmaydi, ular tanişlar, biznes aloqalar doirasini kengaytiradilar hamda biznes hamkorlar topib, yangi biznes loyihalarini yaratişadi», - deyiladi maqolada.
Aytilişiça, ACP Game 2013 yilda Moskvada loyihani boşlagan Yuliana Konstantinova tomonidan taşkil etilgan. Hozir u Rossiya, Qozoğiston, Armanistonda faol rivojlanmoqda.
«Bu intellektual öyin allaqaçon biznesning turli sohalaridagi rahbarlar va yirik kompaniyalar top-menejmentining böş vaqtni ötkazişning sevimli turiga aylandi. Loyiha kompaniyalar içidagi seminarlar, treninglar, timbildinglarga ideal muqobil variant böldi. Öyin - nafaqat şaxsan tanişiş, balki umumiy maqsadga erişiş uçun bir jamoa bölib qanday işlaş kerakligini örganişda ajoyib imkoniyatdir», - deyilgan maqolada.
Naşr ma'lumotlariga köra, öyinni taşkil etiş qoidalari qat'iy tartibga solingan. Bunda bir odamning ham u qoidalarni çetlab ötişi biznes-hamjamiyatning yuzlab intellektuallari yoqtirib qolgan öyin darajasining yöqolişiga olib keladi.
«Öyini ommaviy emas, auditoriya aniq tanlanadi, qatnaşçilar maqomi va ularning maşhurlik darajasi e'tiborga olinadi», - deya ta'kidlanadi maqolada.
Savollar har doim turliça, barça sohalarni qamrab oladi, bittasi Özbekiston tarixi bilan boğliq bölişi şart (gap ACP Game’ni Özbekistonda ötkaziş haqida ketmoqda). Sardor boşçiligidagi olti kişi bir daqiqa davomida boşlovçi tomonidan berilgan savolga javob topişi kerak. Har bir töğri javob uçun jamoalar 1 ball oladi. Öyin natijasiga köra ballar töplanib, ğolib jamoa aniqlanadi.












