2017 yilda Google korporatsiyasi xodimlari öz qidiruv tizimi algoritmlariga aralaşuvni muhokama qilişgan, bu AQŞ prezidenti Donald Trampning migratsiya siyosatiga salbiy ta'sir körsatiş maqsadida amalga oşirilgan. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi içki korporativ poçtaga asosan yozmoqda.
Ta'kidlanişiça, Google xodimlari 2017 yilning yanvar oyida Tramp «Qöşma Ştatlarga xorijiy terrorçilarning kirib kelişidan millatni himoya qiliş» farmonini imzolaganidan bir neça kun ötib, qidiruv algoritmlariga aralaşuv masalasini muhokama etişgan. Bu hujjat migrantlarga nisbatan qattiq çoralarni joriy qildi, jumladan, qator davlatlardan musulmonlarning kirişi butunlay taqiqlandi.
Google xodimlari öz qidiruv tizimi işini özgartirib, u migratsiyaga oid masalalar bilan şuğullanuvçi taşkilotlar va davlat idoralariga havolalarni foydalanuvçilarga köproq körsatişini xohlaşgan.
Şuningdek, ular qidiruv tizimiga avvaldan tayyorlab qöyilgan natijalarni körsatiş majburiyatini yuklamoqçi bölişgan, bunda foydalanuvçilarning Tramp migratsiya siyosatiga aloqador bölgan sözlar böyiça ma'lumot izlaşi yetarli edi. Ular orasida «islom», «musulmon», «Meksika», «Eron» va boşqa sözlar bor.
Öz navbatida, korporatsiya vakilining ma'lum qilişiça, xodimlar maktublaridagi ğoyalar heç qaçon amalda qöllanilmagan.
«Google qidiruv tizimi orqali heç qaçon manipulyatsiya qilmagan», - deya ta'kidlanadi bayonotda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Google foydalanuvçilar xatlaridan ma'lumot töplaş imkonini yaratgani haqida xabar berilgandi.












