Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 21 sentabr kuni Kemin tumaniga qilgan amaliy taşrifi çoğida Qirğizistonda oilaviy boşqaruvga yöl qöyib bölmasligi haqida yana bir bor ma'lum qildi. U prezidentning nomidan foydalanib iş qilayotganlarni javobgarlikka tortiş haqidagi öz topşiriği haqida gapirdi, deb yozmoqda kazakbol.com.
«Jeenbekov Bakiyevga aylangani, uning qarindoşlari davlatni boşqarayotgani haqida atayin yolğon miş-mişlar tarqatilmoqda. Men heç kimni boşqaruvga yaqinlaştirmayapman. Agar bilib qolsam, qattiq çoralar köraman. Bu haqda hamma biladi. Ammo hozirda mening «qarindoşlarim», «döstlarim» köpayib ketgan. Göyoki mening qarindoşlarimdek özini körsatib, işga joylaşişmoqda. Men bunday holatlarda hibsga oliş kerakligini aytdim. Men uçun sobiq prezidentlarning tajribasi katta saboqdir. Öğlim va qizim bor. Öğlim 4-sinfda öqiydi. U Maksim Bakiyevning yoşiga yetguniça, men lavozimdan ketaman. Mening maqsadim - xalq orasida böliş va prezidentlik lavozimini tinçlik bilan topşiriş», - dedi u.
Prezident bundan avval ham Qirğizistonda oila va taniş-bilişçilik boşqaruviga yöl qöyilmasligi haqida gapirgan.
«Biz butun dunyoga yana bir bor körsatdikki, Qirğiziston xalqi adolat ğoyalarini hurmat qiladi, heç qaçon tiz çökmaydi va oila hamda taniş-bilişçilik boşqaruviga toqat qilmaydi, - dedi u. - Hokimiyatni egallab oliş, xalq mol-mulkini özlaştiriş va odamlarni xor qilmoqçi bölganlarga munosib javob berildi».












