Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida 20–21 sentabr kunlari «Hozirgi zamon söz energiyasi» deb atalgan adabiy forum bölib ötmoqda, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.

Turli davlatlardan kelgan şoirlar, yozuvçilar, adabiyotşunoslar iştirok etayotgan adabiy anjumanda zamonaviy adabiyotga doir muammolar, umuminsoniy muammolarni hal etişda adabiyotning örni, adabiy aloqalarni kuçaytiriş kabi masalalar yuzasidan fikr almaşilmoqda. 

Forumda qatnaşayotgan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi örinbosari Nodir Jonuzoq, Qoraqalpoğiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Kenges Karimovlar bugun dunyoda ijod ahlini bezovta qilib turgan muammolar yeçimi haqida gapirarkan, mamlakatimizda ijodkorlarga körsatilayotgan yuksak e'tiborni namuna qilib körsatdilar. 

Mezbonlar safida Öljas Sulaymonov, Muxtor Şoxonov kabi dongdor adiblarning borligi forumga özgaça ruh bağişlayapti. 

Eslatib ötamiz, şu yilning 7–8 avgust kunlari Toşkent şahrida xalqaro adabiy anjuman bölib ötgandi.