Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Tramp Magregor hamda Nurmagomedov jangiga kelishi mumkin
Foto: AFP
Mutlaq jangchilar chempionati prezidenti Dana Uaytning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Trampni irlandiyalik Konor Magregor hamda rossiyalik Habib Nurmagomedov o‘rtasida 6 oktabr kuni Las-Vegasda kamar uchun bo‘lib o‘tadigan jangga taklif qildi. Bu haqda TMZ xabar bermoqda.
Shuningdek, Uaytning ta'kidlashicha, ular katta ehtimol bilan kelmaydi, sababi jangchilar musobaqasida jahondagi ikki yetakchining ishtirok etishi - qo‘riqlash xizmati uchun dahshatli holatdir.
Biroq, Tramp ushbu bahsni pullik televideniye orqali tomosha qilishga va'da berdi.
UFC rahbari AQSh prezidenti bilan juda yaqin va hattoki uning saylovoldi kampaniyasida ishtirok etgan. Shu bilan birga, Makgregor Putinga yaxshi munosabatda ekanini hech qachon yashirmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makgregor Nurmagomedov mayda kalamush ekani, uni bir raundda sindirishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
15:03 / 30.04.2026
Tramp Putin bilan gaplashdi
23:04 / 27.04.2026
«Hokimiyat - bu og‘ir mehnat» – Putin Soljyenitsinning so‘zlarini eslatdi
09:09 / 22.04.2026