Osiyo öyinlarida muvaffaqiyatsizlikka uçragan Özbekiston olimpiya terma jamoasi boş murabbiyi Ravşan Haydarov lavozimni tark etgan.
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma'lum qilişiça, Mirjalol Qosimov Özbekiston olimpiya terma jamoasining yangi boş murabbiyi etib tayinlangan.
«Özbekiston olimpiya terma jamoasi oldiga 2020 yilda Tokioda bölib ötadigan Olimpiadaga yöllanma oliş vazifasi qöyilgan bölib, bu yuksak mas'uliyatli vazifani amalga oşiriş uçun murabbiylar ştabidan yetuk mahorat va katta tajriba talab etiladi. Ana şuni inobatga olgan holda, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan Olimpiya terma jamoasi boş murabbiyligiga bir qator nomzodlar körib çiqildi. Yakunda Özbekiston olimpiya terma jamoasi boş murabbiyligiga özbek futboli afsonasi, ayni paytda «Bunyodkor» klubini boşqarayotgan Mirjalol Qosimov nomzodida töxtalindi», deyilgan xabarda.
Umid Ahmadjonov Mirjalol Qosimov bilan bu mavzuda suhbatlaşib, Özbekiston Olimpiya terma jamoasi oldida jiddiy va mas'uliyatli vazifa turgani, Özbekistondagi barça futbol muxlislari terma jamoani Olimpiadada körişni intiqib kutayotganini, ularning işonçini oqlaş uçun barça kuç va mahoratni sarflaş, tinimsiz mehnat qiliş zarurligini ta'kidlab ötgan. Şuningdek, Olimpiya terma jamoasiga futbolçilarni saralab olişda xolis böliş, faqat eng munosiblarini tanlab oliş kerakligi borasida ham söz yuritilgan.
Öz örnida Mirjalol Qosimov ham zimmasiga yuklanayotgan vazifaning mas'uliyatini töliq his qilayotganini ta'kidlab, Özbekiston olimpiya terma jamoasini Tokio-2020 ga olib boriş uçun qölidan kelgan barça işni amalga oşirişga va'da bergan.
Mirjalol Qosimov endilikda Olimpiya terma jamoasi tarkibini şakllantiriş işlarini olib boradi. Şuningdek, terma jamoaga nomzod futbolçilarni saralab boriş, ularni yaxlit bir jamoaga aylantiriş, raqobatbardoş, kuçli jamoa yaratiş işlari bilan şuğullanadi. Özbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan ham Olimpiya terma jamoasi uçun zarur barça şart-şaroitlar yaratilib, turli yiğinlar va kuçli terma jamoalar bilan örtoqlik öyinlari taşkil qilib boriladi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston olimpiyaçilari Osiyo öyinlarida çorak finalda Janubiy Koreya vakillariga mağlub bölib, turnirdagi iştirokini erta yakunlagandi.












