Tadbirkor rossiyaliklar Avito saytida iPhone’ning yangi modelini sotib oliş uçun dökon oldidagi navbatdagi örinlarini sotişmoqda. Bu haqda internet-servis matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilişiça, navbatdagi örin narxi 250 ming rublni taşkil etadi (3700 dollardan ortiq). 

Ayrim foydalanuvçilar esa yangi iPhone’ni Rossiyada sotuv boşlanguniça olib kelib berişni taklif qilişmoqda. Buning uçun ular 300 ming rubl söraşgan.

Yana bir turkum foydalanuvçilar esa yangi smartfon narxining ön foizi evaziga har qanday ob-havoda dökon oldida tört-beş kun navbatda turib berişlarini yozgan.

AQŞ va bir neçta mamlakatlarda ayfonlar sotuvi 21 sentabrdan, Rossiyada 28 sentabrdan boşlanadi.  

Avvalroq AQŞda yangi iPhone sotuvga çiqişidan beş kun avval navbat paydo bölgani xabar qilingandi.

iPhone XS, XS Max va "byudjyet" iPhone XR taqdimoti 12 sentabr kuni bölib ötgandi.