2018 yil 1 iyul holatiga Özbekiston umumiy taşqi qarzi hajmi 15,8 mlrd dollarni taşkil etib, 2018 yil boşiga nisbatan 0,02 foizga yoki 3,4 mln dollarga oşdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida aytiladi.
Qarzdorlikning ösişi davlat sektoriga (479 mln dollar) töğri keladi. Şu bilan birga, xususiy sektor qarzdorligi 476 mln dollarga kamaydi.
«Şu tariqa, davlat taşqi qarzi davlat loyihalarini moliyalaştiriş uçun yangi qarzlarni jalb etiş hisobidan ösiş tendensiyasini saqlab qoldi», - deya ta'kidlanadi hisobotda.
Yilning birinçi yarmida xususiy sektor tomonidan 298,6 mln AQŞ dollari miqdorida qarzlar jalb etildi.
Qarzlar jalb etiş asosan banklar tomonidan amalga oşirildi - 176,6 mln dollar, ulardan - 110,6 mln dollar davlat uluşiga ega banklar, töqimaçilik sohasi korxonalari tomonidan - 24,3 mln dollar va iqtisodiyotning boşqa sektorlari korxonalari tomonidan - 63,9 mln dollar.
Özbekistonning asosiy qarzlari - uzoq muddatli. Masalan, 1 yilgaça bölgan qarzlarga 170 mln dollar töğri keldi (1 foiz), 5 yilgaça - 985 mln dollar (6 foiz), 10 yilgaça - 1,1 milliard dollar (7%). 13,5 mlrd dollar yoki 86 foizni 10 yildan uzoq muddatdagi qarzlar taşkil etadi.
Mamlakat I yarim yillikda umumiy qiymati 686,3 mln dollarlik qarzlar va 176,6 mln dollarlik foizlarni töladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq mehnat migrantlari Özbekiston daromadlari hisobiga profitsitni ta'minlab berişgani xabar qilingandi.












