Havaskor boksda jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlari sovrindori, ayni paytda professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan Shahram G‘iyosov bugun London shahridagi mashhur «Uembli» stadionida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Jangda o‘zbekistonlik bokschiga nikaragualik Xulio Laguna raqiblik qiladi. Shahram shu kungacha prof ringda to‘rt marotaba jang qilib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (3tasi nokaut). Laguna esa 14ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘olib bo‘lgan. 10ta jangni muddatidan oldin yakunlagan.

Shahram G‘iyosovning o‘zi bu safargi raqibi eng kuchlisi ekanini qayd etib o‘tgan.
Shahram G‘iyosov shu yilning 11 mart kuni Nyu-Yorkda o‘tkazilgan jangda argentinalik raqibi Nikolas Velaskesni (10-0-2) birinchi raundning 7-soniyasidayoq polga qulatdi. U aprel oyida Bruklinda vengriyalik Gabor Gorbisni (24-0-10) 6 raundlik jang yakuniga ko‘ra yengdi, 15 iyul kuni meksikalik Daniel Echeverriyani (19-0-5) nokautga uchratdi, 17 avgust sanasida esa ganalik Albert Mensani (31-1-7) nokautga uchratgan holda g‘alabaga erishdi.










