Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 23-27 sentabr kunlari AQŞga safar uyuştirib, u yerda BMT Boş assambleyasining 73-sessiyasida nutq sözlaydi va 24 sentabrda migratsiya masalalari böyiça yiğilişda iştirok etadi. 

Erdöğan 25 sentabrda Boş assambleyada çiqiş qiladi. U, şuningdek, BMT boş kotibi, bir qator davlatlar rahbarlari va boş vazirlari, AQŞ işbilarmon doiralari, musulmon va turk jamoatlari vakillari bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazadi.

Erdöğanning matbuot kotibi Ibrohim Qalinning aytişiça, Turkiya prezidentining Donald Tramp bilan uçraşuvi borasidagi masala hozirça hal qilinmagan.