Dunyo menga orqasini ögirdi dema, özing unga teskari ögirilib olgansan. Dunyo imtihonxonadir. Dunyo uçun unga kimning kiriş yo kirmasligida farq yöq.  Bu xonaga kirib, nimagadir ega bölib çiqiş ham, heç narsasiz çiqib ketiş ham özimizga boğliq. 

YouTube’da köriş

Audio versiyasini tinglaş

Dunyo Ollohning amriga binoan bor bölib, U Zotning xohişi bilan yöqqa aylanadi. Dunyo Olloh taolo yaratgan narsalar içida eng buyugi – insonga qaramdir. Şunday katta dunyo zarradek insonga imtihon uçun berilgan. Dunyo insonning nazorati ostida bölişga buyurilgan. Lekin biz – eng aqlli, ayni paytda hayvondan-da beaql bandalar dunyoni boşqarişdan boş tortmoqdamiz. Bizlarga qul bölişga rozi dunyoga qul bölişga tayyormiz. Şu jonsiz dunyo Ollohdan qörqqani uçun insonga qul bölişdan çetlanmayapti. Biz past dunyodan ham past kimsalar esa Ollohga itoat etmay dunyoni özimizga boşliq qilişga undamoqdamiz. 

Dunyo bizning har bir amrimizga köz tikib turişga majburdir. U çegaradan çiqa olmaydi. Bizlar dunyoga şunçalar örganib, dunyo bizga emas, biz dunyoga şunçalar qaram bölib qolganmizki, bizga jovdirab köz tikib turgan dunyoga, teskari qarading, deb tuhmat qilmoqdamiz. Dunyo öz örnida turibdi, aslida bizlar örnimizni yöqotganmiz.

Zahiriddin Mansur

Yangi loyiha: Toşni teşgan tomçilar