Oq uyda monopoliyaga qarşi idoralar va huquqni muhofaza qiliş organlariga Google, Facebook hamda boşqa texnologiya kompaniyalariga nisbatan tekşiruvlar ötkaziş majburiyatini yuklovçi prezidentlik farmoni tayyorlandi. Bu haqda Bloomberg hujjatning qoralama nusxasiga tayanib ma'lum qildi.

Farmon idoralarni «qandaydir onlayn-platformalar monopoliyaga qarşi qonunçilikni buzganini jiddiy tekşiruvdan ötkazişga» majbur qiladi. Bundan taşqari, davlat idoralari «onlayn-platformalar» orasida raqobatni himoya qiliş va noxolis yondaşuvni bartaraf etişga qaratilgan qadamlarni taklif qilişlari kerak.

Agentlikning ta'kidlaşiça, aniq kompaniyalar nomi farmonda tilga olinmagan. Şunga qaramay, AQŞ prezidenti Donald Tramp bir neça bor Google va ijtimoiy tarmoqlarni xolis bölmagani uçun tanqid ostiga olgan.

«Google, Facebook, Twitter va ijtimoiy media sohasidagi boşqa gigantlarga qarang. Men biz mamlakat sifatida siyosiy senzura, qora röyxatlar hamda qidiruv natijalarini soxtalaştiriş kabi narsalarni qabul qila olmasligimiz haqida aniq ma'lum qilgandim», - deya aytib ötgan Tramp avgust oyining oxirida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Facebook surat va videolarda «ruslar tarğiboti»ni qidira boşlaşi xabar qilingandi.