23 sentabr kuni «Axtubinsk - Nijniy Baskunçak» avtomobil yölining 16-kilometrida Nissan Almera maşinasi boşqaruvida bölgan ayol boşqaruvni eplay olmagan, natijada avtomobil ağdarilib ketgan. Bu haqda Rossiyaning Içki işlar vazirligining Astraxan oblasti böyiça boşqarmasi xabar bermoqda.

Boşqarma ma'lumotlariga köra, u Özbekistondan bölgan 4 nafar işçini olib ketayotgan edi.
«Yöl-transport hodisasi oqibatida 1978 yilda tuğilgan yölovçi olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi. Haydovçi, şuningdek, 24 yoşli qiz, 40 yoşli ayol va 50 yoşli erkak boş miya yopiq jarohati, qovurğalar, ömrov, tos suyagi sinişi kabi jarohatlarni olişdi. Ular şifoxonaga olib borildi va jonlantiriş hamda travmatologiya bölimiga joylaştirildi», - deyiladi boşqarma xabarida.
Ayni vaqtda Rossiya IIVning Astraxan oblasti Axtubinsk tumani böyiça YHXB xodimlari röy bergan YTHning barça tafsilotlarini aniqlaşmoqda.
Politsiya inson ölimiga olib kelgan va odamlar soğliğiga zarar yetkazgan, Yöl harakati qoidalarining buziliş holati böyiça tekşiruv ötkazyapti.
Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi hozirça hodisa haqida heç qanday ma'lumot bermadi.



Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Lipetsk oblastida yuz bergan YTH oqibatida Özbekistonning 5 fuqarosi halok bölgandi.











