Britaniyalik millioner, Wow Toys öyinçoqlari tarmoği asosçisi Nadim Ednan-Laperuzning ön beş yoşli qizi London — Nitstsa samolyotida özini yomon his qilganidan söng vafot etdi, deb xabar berdi. Daily Mail.
Ölimga qiz Xitrou aeroportida parvoz oldidan sotib olgan sendviç sabab bölgani taxmin qilinmoqda. Parvoz vaqtida qizda sendviç nonidagi kunjutga nisbatan ötkir allergik reaksiya paydo bölgan.
Otasi unga dori bergan, ammo buning foydasi bölmagan. Qiz Nitstsadagi kasalxonada vafot etgan.
Ednan-Laperuz fojia böyiça tergov olib borilişini talab qilmoqda. U sendviç işlab çiqaruvçilaridan nima uçun uning qadoğida sendviç noni tarkibida kunjut borligi yozib qöyilmagani böyiça izoh söramoqda.












