Maldivdagi mamlakat prezidentligi uçun ötkazilayotgan saylovlarda ovoz beriş uçun barça saylov uçastkalari yopildi. Bu haqda orol davlatining saylov komissiyasi vakillari ma'lum qildi.

Amaldagi prezident Abdulloh Yamin va muxolifatçi Maldivian Demokratik Partiyasi (MDP) nomzodi Ibrohim Muhammad Solih davlat rahbari lavozimini egallaş uçun asosiy nomzodlar sifatida körilmoqda. Saylovlarda fuqarolar faol iştirok etgani qayd etildi. Bugunning özida ovoz berişning dastlabki natijalari e'lon qilinişi kutilmoqda.

Ma'lumotga köra, saylovda 250 ming saylovçi iştirok etişi nazarda tutilgandi. Maldivning butun aholisi esa 400 ming kişini taşkil qiladi. Maldivdagi saylov komissiyasining raisi Ahmad Şarifning aytişiça, hukumat mustaqil va adolatli saylov jarayonini ötkaziş uçun barça çoralarni körgan.