Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 20 sentabrdagi PQ-3945-sonli “Milliy tölov tizimini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq yangi çakana tölov tizimini yaratiş maqsadida Markaziy bankka Milliy banklararo protsessing markazini (MBPM) taşkil qiliş vazifasi yuklatilgan.
Markaziy bank uşbu milliy çakana tölov tizimi nomini aniqlaş uçun tanlovda iştirok etiş haqida taklif bilan çiqdi. Öz hissasini qöşiş istagini bildirgan fuqarolar, ğoya va takliflarini Markaziy bankka taqdim etişlari mumkin.
Tanlov ikki bosqiçda ötkaziladi:
Birinçi bosqiçda mazkur tizimni nomlaş böyiça takliflar joriy yilning 1 oktabriga qadar qabul qilinadi va şu bilan birga eng yaxşi ğoyalar (şort-list) tanlanadi.
Ikkinçi bosqiçda, birinçi bosqiç natijasi böyiça aniqlangan eng yaxşi ğoyalar orasidan ğolibni ovoz beriş yöli orqali fuqarolar tomonidan aniqlanadi (ovoz beriş tartibi şort-list şakllangandan söng e'lon qilinadi).
Tölov tizimining nomi özida milliy uyğunlikni aks ettiruvçi bir yoki ikki sözdan iborat bölişi kerak.

















