Joriy yil 24 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Niğmatilla Yöldoşevning mamlakatga rasmiy taşrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirim boşçiligidagi parlament delegatsiyasi bilan uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar berdi.

Foto: senat.uz

Uçraşuvda tomonlar ikki mamlakat parlamentlararo munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalarini muhokama qildi. Ta'kidlanganidek, Özbekiston Turkiya Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirişga katta ahamiyat beradi. Parlamenlararo muloqotni çuqurlaştiriş hamkorlikning muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi.

Tomonlar Oliy Majlis Senati va Buyuk millat majlisi şafeligida Özbekiston va Turkiya hududlari forumlarini taşkil etiş töğrisida özaro fikr almaşdilar.

Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar yölga qöyilgan parlamentlararo hamkorlikni hamda xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi özaro aloqalarni yanada çuqurlaştiriş böyiça birgalikda amalga oşirilayotgan işlarni davom ettirişga kelişib oldilar.

Foto: senat.uz
Foto: senat.uz