Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakat aksilrazvedka xizmatiga rahbarlik qilgan Gans-Georg Maasen bilan boğliq vaziyatdan afsusda ekanini ma'lum qildi. Bu haqda Die Welt yozmoqda.

Merkelning sözlariga köra, u odamlar nimalardan kelib çiqib iş körayotganiga emas, balki Içki işlar vazirligi içida sodir bölayotgan narsalarga köproq e'tibor qaratib yuborgan.

Kantslerning tan olişiça, Maasen bilan boğliq vaziyatda hammasi ham töğri qilinmagan. U mamlakat hukumatini inqirozga olib borib qöyişiga bir qadam qolganiga qaramay, uni Içki işlar vazirligi stats-kotibi lavozimiga tayinlaşni möljallagan. Bu esa oylik maoşning oşirilişini nazarda tutadi.

«Men bunday holat yuz berişi mumkin bölganidan juda afsusdaman», - deya aytib ötdi Merkel.

Aniqlik kiritilişiça, amaldorni tayinlaş haqidagi qaror özgartirilgan: Maasen IIVning Yevropa hamda xalqaro masalalar böyiça maxsus vakolatli vakiliga aylanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq nemislarning aksariyati Merkel iste'fosini xohlaşayotgani xabar qilingandi.