Bugunga kelib Markaziy Osiyo mintaqasida atrof-muhitni muhofaza qiliş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş, ularni töğri boşqarişga katta e'tibor qaratilayotgani sir emas. "Muammoni hal qilgandan köra uning oldini olgan yaxşi" deganlaridek, hozir bu yönalişdagi mutaxassislarni tayyorlaşga alohida diqqat qilinmoqda. Şu bois uşbu yönalişda amalga oşirilayotgan loyihalar bilan sizlarni taniştirib borişga qaror qildik.

Markaziy Osiyoning beş mamlakati - Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan bir qatorda Afğonistonni ham öz içiga qamrab olgan Smart Waters umumiy qiymati 10,5 million dollarni taşkil qiluvçi loyihadir. U USAID tomonidan qöllab-quvvatlanadi, loyihaga 2015 yilning oktabrida start berilgan bölib, u 2020 yilning sentabr oyi oxiriga qadar davom etadi.

Suv, ta'lim va hamkorlik - Smart Waters loyihasi mohiyatini töliq ifodalaydi. Smart Waters tört katta komponentdan iborat bölib, ular bir-birini töldirib turadi. Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM)ning  Smart Waters loyihasi menejyeri Yekaterina Strikeleva KUN.UZ'ga loyiha komponentlari haqida sözlab berdi.

Smart Waters loyihasi menejyeri Yekaterina Strikeleva

Birinçi komponent - mintaqaviy komponent. Ular suv masalalari bilan şuğullanuvçi va şunga boğliq yönalişlar (atrof-muhit muhofazasi, favqulodda vaziyatlar)da faoliyat yurituvçi yoş avlod mutaxassislarining salohiyatini oşirişni öz içiga oladi. Bu suv resurslarini integratsiyali boşqarişga yönaltirilgan treninglar, texnik treninglar (suğoriş texnologiyalari, suv resurslaridan foydalanişni monitoring qiliş), Qozoğiston-Germaniya universitetidagi magistrlik dasturining qöllab-quvvatlanişi orqali amalga oşiriladi. Uşbu ta'lim dargohida suv resurslarini integratsiyali boşqariş böyiça maxsus mintaqaviy magistrlik dasturi mavjud.

"Smart Waters" loyihasi tört yildan beri har yili har bir mamlakatdan ikkitadan vakilni ham moliyaviy, ham mavzuiy jihatdan qöllab-quvvatlab keladi. Biroq Smart'ning Qozoğiston-Germaniya universiteti öquv dasturlaridan ajralib turuvçi asosiy jihati, biz davlat tuzilmalari tomonidan magistrlik dasturlarini örganişga tavsiya etilgan iştirokçilarni olib kelamiz. Ular öz vataniga qaytib, tavsiya etilgan idoralarida kamida uç yil işlab berişlari kerak böladi. Dastur integratsiyali boşqaruvga doir global qamrov bilan ta'minlaydi - fanlar örtasidagi özaro boğliqlik, suvning boşqa sektorlar bilan boğliqligi suv resurslarini boşqarişdagi jahon tendensiyalariga yanada kengroq qaraş imkonini beradi. Mazkur magistrlik dasturini tugallagan kişilar uylariga mutlaqo yangiça qaraşlar bilan qaytişadi", - deydi mutaxassis.