AQŞ prezidenti Donald Trampdan, uning oldindan taxmin qiliş muşkul bölgan xarakteriga qaramay, BMT Xavfsizlik kengaşidagi raisligi vaqtida şou kutişmayapti, deya ta'kidlaydi Reuters agentligi.

26 sentabr, çorşanba kuni Tramp Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik kengaşining Eronga alohida e'tibor beriladigan, kimyoviy va yadroviy qurolini tarqatmaslik masalalari böyiça yiğilişga rahbarlik qilişi kutilyapti.

«Mening işonçim komilki, bu voqea butun ötgan vaqt davomida Xavfsizlik kengaşining eng maşhur yiğilişi böladi», - deya aytib ötdi AQŞning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli.

Şunga qaramay, Trampning avvaldan taxmin qiliş muşkul bölgan xarakteriga qaramasdan, ba'zi diplomatlar Amerika rahbari Xavfsizlik kengaşi yiğilişida realiti-şou uyuştirişini kutişmayapti, deyiladi materialda.

«Men bu köngiloçar tadbirga öxşab ketadi, deb öylamayman», - deya aytib ötdi BMTning öz nomini oşkor etmagan yuqori mansabli diplomati.

Diplomatning sözlariga köra, hatto AQŞ prezidentini yoqtirmaydigan davlatlar rahbarlari ham buni oçiqdan-oçiq körsatişmaydi.

Agentlikning ta'kidlaşiça, Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti lavozimini Trampdan oldin egallagan Barak Obama 2009 va 2014 yillarda Xavfsizlik kengaşi yiğilişlarida raislik qilgan. Har ikki holatda ham Kengaş muhokamada iştirok etgan masalalar yuzasidan rezolyutsiyalar qabul qilgan. Şu bilan birga, AQŞning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli sözlariga köra, Tramp çorşanba kungi yiğilişda rezolyutsiya qabul qilişni rejalaştirmayapti.

Reuters’ning qöşimça qilişiça, Xavfsizlik kengaşining raisi örni odatda ma'muriy va xolis xarakterga ega böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp BMT Boş assambleyasi doirasida kimlar bilan uçraşişi ma'lum bölgandi.