Özbekistonda kelasi yildan örta tadbirkorlik sub'yektlari tuşunçasi yana muomalaga qaytişi mumkin

Özbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamalari portalida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan yangi hujjat loyihasi joylaştirildi.

Jamoatçilik muhokamasiga havola etilgan hujjatda keltirilişiça, 2019 yilning 1 yanvaridan kiçik va örta tadbirkorlik sub'yektlariga quyidagilar kiradi:
- yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- yillik xodimlar soni 25 kişidan köp bölmasa, mikrofirmalar;
- yillik xodimlar soni 100 kişidan köp bölmasa, kiçik korxonalar;
- yillik xodimlar soni 250 kişidan köp bölmasa, örta korxonalar hisoblanadi.

Şuningdek, 2019 yilning 1 yanvaridan mikrofirmalar uçun buxgalteriya hisobi, daromadlar va xarajatlar kitobini yuritiş, daromadlar va xarajatlarni e'lon qilişning soddalaştirilgan tizimini joriy etişni nazarda tutuvçi moliyaviy hisobotlarni taqdim etiş talablar bekor qilinadi.

Davlat Soliq qömitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi hamda Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda uç oy muddatda «Virtual soliq maslahatçisi» tizimini işlab çiqib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylaştirişi kerak böladi. 

Davlat Statistika qömitasi uç oy içida Davlat Soliq qömitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda boşqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasiga qonunçilikka tegişli özgartirişlar kiritiş böyiça öz takliflarini tayyorlaydi.