Zero Day Initiative kompaniyasining kiberxavfsizlik böyiça mutaxassislari Microsoft mahsulotidagi nolinçi kun kamçiligini topişdi, ammo işlab çiqaruvçilar uni tört oy içida ham tuzatişga muvaffaq böla olişmadi. Bu haqda tadqiqotçilar öz blogida xabar berişdi.

Mutaxassislar kompaniyaga Microsoft JET Database Engine ma'lumotlar bazasi mexanizmidagi kamçilikni bartaraf etiş uçun 120 kun berişdi. Bu kamçilik jinoyatçilarga ixtiyoriy kodni masofadan turib bajariş, şundan söng virusni qurbonning kompyuteriga örnatiş imkonini beradi. Uşbu kamçilikni yuzaga keltiriş uçun foydalanuvçiga xakerlar tomonidan maxsus yaratilgan faylni oçiş yetarli böladi, u JET şaklida saqlanuvçi ma'lumotlarni öz içiga oladi.

Windows 7’da buzib kiriş xavfi aniqlandi, ammo ekspertlar operatsion tizimning barça mavjud versiyalari, jumladan, server versiyalariga xakerlar hujum qilişi mumkinligidan taşvişda qolgan. Ularning umid qilişiça, oktabr oyidagi yangilanişda kerakli bölgan patç çiqariladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Microsoft pora beriş holatlarida gumonlanayotgani ma'lum bölgandi.