«Çelsi» xöjayini Roman Abramoviç klubni kamida 3 milliard funt sterlingga pullaşni möljallagan. Bu haqda Bloomberg agentligi muzokaralardan xabardor manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.
Bundan avvalroq Abramoviç buyuk britaniyalik milliarder Jim Retkliff tomonidan taklif etilgan 2 milliard funtni rad qilgani xabar qilingandi.
Bloomberg talqiniga köra, rossiyalik biznesmen «Çelsi»ni Amerikaning ehtimoliy sanksiyalari tufayli sotmoqçi.
Yozda Sunday Times naşrida Abramoviç «Çelsi»ni sotiş imkoniyatlarini örganib çiqişi uçun investitsion bankni yollagani haqida xabar paydo bölgandi. Keyinroq klubdagilar bu ma'lumotni rad etişdi.
Abramoviç «Çelsi»ni 2003 yili 140 million funtga xarid qilgandi. Ötgan vaqt mobaynida London klubi 5 marta Angliya çempionatida ğolib böldi, 5 marta Angliya Kubogini qölga kiritdi va 2 marta Angliya Superkubogiga ega çiqdi. Şuningdek, jamoa 3 marta Angliya ligasi Kubogi, bir martadan Çempionlar Ligasi va Yevropa Ligasida çempion böldi (jami 17ta sovrin).
Taqqoslaş uçun, 2003 yilgaça, 98 yil mobaynida klub faqat 9 sovrin yutgandi: bir marta Angliya çempionligi, 3 Angliya Kubogi, 2 Angliya Superkubogi, 2 Angliya Ligasi Kubogi va bir UYeFA Superkubogi.












