AQŞning Virjiniya ştati Vudbrij şahrida yaşovçi ayol öz boğida ikki boşli noyob ilonni topib oldi. Bu haqda The Washington Post yozmoqda.

Mutaxassislar tomonidan ötkazilgan tadqiqot davomida şu narsa aniqlandiki, ilonning çap boşi ustun bölib, özini nisbatan faolroq tutgan va taşqi qözğatuvçilarga tezroq reaksiya bildiradi. U yerda traxeya (nafas oliş yöllari, böğiz) yaxşiroq rivojlangan, öng qismda esa qizilöngaç yaxşiroq şakllangan. Ta'kidlanişiça, ikkala boşda ham zahar bor.

Şu bilan birga, ilonda bir yurak va bir juft öpka mavjud.

Biologlarning ma'lumotlariga köra, ikki boşli ilonlar tabiatda juda kam uçraydi. Ilgari qayd etilgan holatlarning aksariyati maxsus saqlaş joylarida kuzatilgan.