Bugun, 25 sentabr kuni Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi Jahongir Ortiqxöjayev Hindiston elçisi Şri Vinod Kumarni qabul qildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
J.Ortiqxöjayev va Kumar Toşkent-Dehli örtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş borasida özaro fikr almaşişdi.
Şuningdek, uçraşuvda Hindistonning yangi elçixonasini quriş uçun poytaxt hududidan yer maydoni ajratiş masalasi ham muhokama qilindi.
1988 yil avgust oyida Toşkentda Hindiston boş konsulligi oçilgan. Bir neça yildan söng u elçixonaga aylantirildi.












