12:08 / 25.09.2018
6351

Qozog‘istonning 5 karra chempioni - «Aqto‘be» klubi sotuvga qo‘yildi

Foto: FK "Aktobe"

Qozog‘iston Premer-ligasining besh karra chempioni «Aqto‘be» futbol klubi sotuvga qo‘yildi. Bu haqdagi ma'lumot mamlakat moliya vazirligi huzuridagi Xususiylashtirish davlat qo‘mitasining rasmiy saytida e'lon qilingan.

Jamoaning bozordagi narxi 1000 tenge etib belgilangan. Qo‘mita ishonchli boshqaruv bo‘yicha tender e'lon qilgan. Unga muvofiq klubning boshlang‘ich narxi 100 million tengeni tashkil etadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ishonchli boshqaruvning muddati yetti yil.   

Tanlovda qo‘yilgan shartlardan yana biri shuki, klub egasi Aqto‘be viloyati va chekka hududlarda bolalar futbolini rivojlantirishi shart. Bundan tashqari, klubning yangi egasi jamoaning barcha qarzlarini uzishi kerak bo‘ladi.

Top