Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-sonli qarori qabul qilindi va unga muvofiq:

a) 2018 yil 1 sentabrdan boshlab bazaviy tarif stavkalari:

boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 1,1 baravarga;

yuqori sinf o‘qituvchilari uchun o‘rtacha 1,24 baravargacha;

direktor, uning o‘rinbosarlari, axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 baravarga oshirildi.

b) 2019 yil 1 yanvardan boshlab bazaviy tarif stavkalari:

umumta'lim muassasalari o‘qituvchilarining malaka toifasidan kelib chiqqan holda oliy toifali o‘qituvchilar uchun 1,25 baravarga, birinchi toifali o‘qituvchilar uchun 1,2 baravarga, ikkinchi toifali o‘qituvchilar uchun 
1,15 baravarga, mutaxassis o‘qituvchilar uchun 1,1 baravarga;

davlat umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida oliy ma'lumotli psixologlar uchun 1,1 baravarga oshiriladi;

direktor, uning o‘rinbosarlari, mutaxassis o‘qituvchilar 
va axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 baravarga oshiriladi.

Demak, umumiy o‘rta ta'lim muassasalari xodimlarining ish haqi miqdorlari 2 bosqichda oshiriladi.

Bu o‘zgarishlar o‘qituvchilarning ish haqi miqdorlariga qanday ta'sir ko‘rsatadi, ularning oylik maoshlari qanchani tashkil etadi? Bu savolga javob berish uchun, avvalambor, umumta'lim maktablari o‘qituvchilarining joriy yil 1 sentabrgacha bo‘lgan ish haqi miqdorlariga qaratmoqchimiz.

Albatta, bir qaraganda yuqoridagi jadvalda nima va qanday hisoblanganligini anglash qiyinroq. Shuning uchun quyida hisob-kitob tartibini batafsil yoritib berishga harakat qilamiz.

Tushuntirish qulay bo‘lishi uchun misol tariqasida birinchi toifali yuqori sinf o‘qituvchining oyligini hisoblaymiz. Bugungi kunda uning bazaviy tarif stavkasi