2018 yil 10-14 oktabr kunlari Germaniya Federativ Respublikasining Frankfurt şahrida ötkaziladigan “Frankfurt Buchmesse” xalqaro kitob körgazmasida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan yetakçi naşriyot-matbaa korxonalaridan tarkib topgan Özbekiston matbuot va axborot agentligi boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi özbek noşirlari hamda matbaaçilari erişgan yutuqlar aks ettirilgan taqdimotlar bilan iştirok etadi.
Körgazmada Özbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi “Özbekiston”, “Öqituvçi”, Ğafur Ğulom, Çölpon nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uylari, “Özbekiston Milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy naşriyoti, “Şarq” naşriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, “Yangi asr avlodi” naşriyot-matbaa markazi, “Ma'naviyat” naşriyot-matbaa uyining 500 ga yaqin Özbekistonning turli sohalarda erişayotgan yutuqlari aks ettirilgan kitob-albomlar, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy, ilmiy-ommabop, bolalar adabiyoti va badiiy asarlari namoyiş etilişi kutilmoqda.
Ayni paytda "Messe Frankfurt" körgazmalar maydonida Özbekiston milliy pavilonini yaratiş va pardozlaş bilan boğliq taşkiliy işlar olib borilmoqda.
Ma'lumot uçun aytiş kerakki, “Frankfurt Buchmesse” xalqaro kitob körgazmasi dunyodagi eng yirik madaniy festival bölib, unda 130 dan ortiq mamlakatning 180 mingdan ziyod savdo taşkiloti, noşirlar, matbaa texnologiyalarni işlab çiqarişga ixtisoslaşgan yirik kompaniya vakillari, reklama agentliklari qatnaşadi.
Yetmiş yildan buyon ötkazib kelinayotgan an'anaviy körgazma doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, forum, körik-tanlov va festivallar, madaniyat namoyandalari, yozuvçi va şoirlar bilan uçraşuvlar taşkil etiladi. Şu bilan birga, jahon mamlakatlarining noşirlik, matbaa yönalişida qölga kiritayotgan yutuqlari, ilmiy va ma'rifiy sohalardagi intellektual salohiyati namoyiş etiladi.












