Özbekiston Respublikasi prezidenti «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida vatandoşlar bilan muloqot va xorijda mutaxassislar tayyorlaş böyiça «El-yurt umidi» jamğarmasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi farmonni imzoladi. 

Hujjatda qayd etilişiça, Taşqi işlar vazirligi huzuridagi xorijda mutaxassislar tayyorlaş va vatandoşlar bilan muloqot böyiça Markaz «El-yurt umidi» jamğarmasiga özgartirildi.

Belgilanişiça, jamğarma Özbekiston Respublikasi prezidentining «Iste'dod» jamğarmasi huquqiy vorisi böladi.

Jamğarma katta ilmiy va amaliy tajribaga ega bölgan, xorijdagi taniqli ilmiy-tadqiqot, ta'lim va tibbiy muassasalar, iqtisodiyotning istiqbolli sohalarida işlovçi vatandoşlar bilan aloqalar örnatadi. Şuningdek, katta ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoşlar elektron reyestrini taşkil etadi hamda yuritadi. Bundan taşqari, xorijiy olimlar, öqituvçilar, muhandislar va boşqa mutaxassislarni ta'lim, soğliqni saqlaş, iqtisodiyot va davlat boşqaruvi sohalariga jalb etiş böyiça tadbirlarni işlab çiqadi hamda amalga oşiradi. 

Qayd etilişiça, jamğarmaga Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimiga tayinlanuvçi va lavozimidan ozod etiluvçi direktor rahbarlik qiladi. Direktor maqomi, iş haqi va boşqalar böyiça vazirning birinçi örinbosariga tenglaştiriladi.

Ta'kidlanişiça, jamğarmaning moliyaviy kömagi bilan magistratura yoki doktorantura dasturlari böyiça ta'lim olgan stipendiatlar tuzilgan şartnomada belgilab qöyilgan muddat davomida oliy ta'lim yoki ilmiy muassasa, şuningdek, vazirliklar, idoralar va boşqa davlat taşkilotlarida işlab berişga majbur böladi.

Jamğarma «Özavtosanoat» AJning Toşkent şahri, Mirobod tumani, Amir Temur şoh köçasi, 13-uy (3-qavat)da joylaştiriladi.