«Real» prezidenti Florentino Peres bayonotiga köra, hujumçi Kriştianu Ronaldu bir kun kelib klubga qaytadi.
«FIFA taqdirlaş marosimida körişganimizda, jon deb uni quçoqlagan bölardim. «Real» fanatlari Ronalduning 9 mavsum davomida klubda töp tepganidan faxrlanadilar.
U Alfredo Di Stefanoning munosib merosxöridir, Kriştianu «Real» tarkibida urilgan gollar böyiça rekordçidir, u muxlislar qalbidan öçmaydi, u haqdagi xotiralar avloddan-avlodga ötib boraveradi.
Kriştianu – qaçonlardir «Real»ga qaytadi», – deb Peres sözlarini keltirmoqda ESPN.












