Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Tramp va Fransiya yetakçisi Emmanuel Makron döstona gaplardan voz keçişdi. Bu haqda Associated Press yozmoqda.

24 sentabr, duşanba kuni prezidentlar Nyu-Yorkdadagi BMT Boş assambleyasining 73-sessiyasida uçraşdilar. Odatiy qöl siqişdan söng davlat rahbarlari darhol işga ötib, Eron bilan yadroviy kelişuv, Suriya va AQŞ hamda Yevropa ittifoqi örtasidagi savdo-sotiq masalalarini muhokama qildilar.

Tramp va Makron örtasidagi munosabatlarda nisbatan sovuqlaşiş kuzatilayotganiga qaramasdan, ular hali ham döstona munosabatda, deya qayd etadi agentlik. Biroq, avval OAV köp marta yozgan «bromans» (erkaklar örtasidagi qalin munosabatlar) ular örtasida yöqqa çiqqan bölişi mumkin.

Bir oy oldin Associated Press Makron Trampga bölgan öz munosabatini özgartirgani haqida ta'kidlagandi. Xususan, bu uning nutqida öz aksini topdi, unda u Yevropa ittifoqining manfaatlari ustuvorligiga alohida e'tibor qaratdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Mey va Tramp BMT Boş assambleyasi doirasida Brexit’ni muhokama qilişi xabar berilgandi.