Rossiya taşqi işlar vazirining örinbosari Sergey Ryabkov sözlariga köra, Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar mualliflari özlarining geosiyosiy ambitsiyalarini heç qanday tarzda qondira olmayapti. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Vaşingtondagi «quturgan sanksiyalar printeri» Rossiyaga qarşi çoralarni töxtovsiz joriy etişda davom etmoqda, bu biz uçun kundalik axborot şovqiniga aylandi. U odamni zeriktirmoqda, lekin biz bunga könikib qoldik», - dedi Ryabkov.
Uning qayd etişiça, faqatgina avgust-sentabr oylarida Rossiya fuqarolari va taşkilotlari Amerika sanksiyalari röyxatiga sakkiz marta kiritilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiyani «urişqoq» deb atagandi.












