AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilişiça, Rossiya prezident Vladimir Putin rahbarligida «urişqoq» davlatga aylandi, lekin Xitoy Qöşma Ştatlar uçun kattaroq tahdid solmoqda. Bu haqda u Fox News telekanali efirida aytib ötdi.
Davlat kotibining sözlariga köra, Rossiya özini «tajovuzkor» tutib, Amerika saylovlariga aralaşişga urinmoqda. Uning ta'kidlaşiça, Putin boşçiligidagi Rossiya «urişqoq davlat bölib qolmoqda».
«Biz javob qaytarişimiz va qayerda qodir bölsak, öşa yerda ularni tiyib turişimiz kerak», - deya aytib ötdi Pompeo.
Biroq, uning fikriga köra, «uzoq muddatli istiqbolda» Xitoy AQŞga köproq tahdid soladi. U xitoylik rasmiylardan kelayotgan xatarlar Amerika iqtisodiyotiga taalluqli ekanligini ta'kidladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pentagon Rossiya va Xitoyni tahdid deb atagandi.












