Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda mudhish YTH: 4 kishi halok bo‘ldi
2018 yil 25 sentabr kuni soat 13:00larda To‘rtko‘l tumani hududidan o‘tuvchi A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau» avtomobil yo‘lining 596-km/da harakatlanib ketayotgan «Kobalt» rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan «Isuzu» rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.
FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, YTH natijasida, 4 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurotadagi YTH oqibatida xorijliklar halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:35 / 26.05.2026
Namanganda YPX inspektorini urib ketib, o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 6 yilga qamaldi
17:16 / 26.05.2026
Belgiyada poyezd va maktab avtobusi to‘qnashdi
20:04 / 25.05.2026