Venesuela prezidenti BMTga öziga uyuştirilgan suiqasdni xalqaro tekşiruvdan ötkaziş haqida murojaat bilan çiqdi. Bu haqda u BMT Boş assambleyasining 73-sessiyasidagi nutqi davomida aytib ötdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Men BMTdan boş kotibning maxsus vakilini tayinlaş haqida sörayman. Bu uning suiqasdni tekşiruvdan ötkazişi uçun kerak. Venesuela buning uçun oçiq», - dedi Maduro.
Uning xabar berişiça, terrorçilik harakatining 28 nafar ijroçisi allaqaçon qölga olingan. Maduroning sözlariga köra, tergov suiqasdga Amerika Qöşma Ştatlarida tayyorgarlik körilganini körsatdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Maduro Trampga javob qaytargandi.












