Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qiliş va baholaş tizimi töğrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.

Nizomga muvofiq talabalar bilimini nazorat qiliş oraliq va yakuniy nazorat turlarini ötkaziş orqali amalga oşiriladi. Oraliq nazorat har bir fan böyiça 2 martagaça ötkazilişi mumkin, deb yozadi “Huquqiy axborot” kanali.

Yakuniy nazorat turi semestr yakunida (tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida fan yakunida) ötkaziladi.

Talabalarning bilimi 5 ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

• talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil muşohada yuritadi, olgan bilimini amalda qöllay oladi, fanning mohiyatini tuşunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan böyiça tasavvurga ega deb topilganda – 5 (a'lo) baho;
• talaba mustaqil muşohada yuritadi, olgan bilimini amalda qöllay oladi, fanning  mohiyatni tuşunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan  böyiça tasavvurga ega deb topilganda – 4 (yaxşi) baho;
• talaba olgan bilimini amalda qöllay oladi, fanning mohiyatni tuşunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan böyiça tasavvurga ega deb topilganda – 3 (qoniqarli) baho;
• talaba fan dasturini özlaştirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tuşunmaydi hamda fan böyiça tasavvurga ega emas deb topilganda –2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.

Tegişli fan böyiça öquv maşğulotlarini olib borgan professor-öqituvçi yakuniy nazorat turini ötkazişda iştirok etişi taqiqlanadi.

Oraliq nazoratni topşirmagan yoki “2” baho olgan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.

Yakuniy nazoratga kirmagan yoki kiritilmagan, şuningdek uşbu “2” baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

Bir kunda 1 tadan ortiq fan böyiça yakuniy nazorat turi ötkazilmaydi.

Baholaş natijasidan norozi bölgan talabalar natija e'lon qilingan vaqtdan boşlab 24 soat davomida fakultet dekani tomonidan taşkil etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya beriş huquqiga ega.