Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi davlat rahbarlari muzokaralarni keng doirada davom ettirdi, deb xabar bermoqda Özbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Unda turli sohalarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş masalalari, xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almaşildi.

Majlis yakunida MDHga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlarining 1948 yil 10 dekabrdagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan bayonoti, Kosmosni tadqiq etiş va tinç maqsadlarda foydalaniş sohasida hamkorlik töğrisida MDH konvensiyasi, 1941-1945 yillardagi Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan Ğalabaning 75 yilligiga tayyorgarlik köriş va uni nişonlaş böyiça asosiy tadbirlar rejasi, 2019-2023 yillarga möljallangan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça hamkorlikdagi sa'y-harakatlar davlatlararo dasturi, Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarşi kuraşiş böyiça hamkorlik töğrisidagi bitim, 2021 yilni MDHda arxitektura va şaharsozlik yili deb e'lon qiliş haqidagi kelişuv va boşqa hujjatlar imzolandi.
2019 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga Turkmaniston raislik qiladigan böldi.














