Dunyodagi 90 foizga har xil plastmassa turlaridan yig‘ilgan birinchi avtomobil Yaponiyada taqdim etildi.

NHK telekanalining xabar berishicha, innovatsion texnologiyalarni yaratish bo‘yicha hukumat dasturi doirasida ishlab chiqilgan yangi kontsept-kar Tokio universiteti olimlari hamda avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi hamkorlik natijasidir. Turli plastmassa turlaridan foydalanilgani sababli, avtomobil og‘irligi odatdagidan ko‘ra 40 foizga yengilroq. Yengillik energiyani tejash imkonini beradi va elektr mobillarni rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochadi.

Mashinadagi eng asosiy narsa shundaki, hozirgi kunga qadar avtomobil sanoatida plastmassalardan foydalanish, ularning mustahkam emasligi tufayli imkonsiz, deb hisoblangan. Olimlar bu muammoni turli xil plastmassalar birikmalaridan foydalanib yechishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu muhim detallari va tarkibiy qismlari 90%ga plastmassadan iborat bo‘lgan dunyodagi birinchi avtomobildir.