CHEO tadqiqot instituti olimlari bolalar va ösmirlarning elektron gadjyetlardan foydalanişi miya faolligini kamaytirişi va normal rivojlanişga tösqinlik qilişini aniqlaşdi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar berdi. Pirovard natijada, smartfon va planşetlar uyqusizlik, asab va ruhiy kasalliklarga olib kelişi mumkin.  

Olimlarning ta'kidlaşiça, 20 boladan birigina gadjyetdan töğri foydalanadi, qolganlari esa öz kun tartibini buzgan holda gadjyetlardan foydalanişda suiiste'mollikka yöl qöyadi. Şifokorlarning tavsiyalarini muntazam inobatga olmaydigan bolalarning sinovdan ötkazilişi ularda aqliy qobiliyatlar pasaygani, ahvollarining umumiy yomonlaşganini körsatgan.

Olimlar mobil qurilmalar orqali internet va ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketişning oğir oqibatlaridan biri sifatida ruhiy kasalliklar ekanini ta'kidlab ötişgan. Bunday kasalliklarni davolaş jiddiy aralaşuvni talab qiladi.