Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talonchilik qilmoqchi bo‘lgan kollej o‘quvchisi ushlandi
Foto: KUN.UZ
2018 yil 25 sentabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, shu tumanda yashovchi, Yunusobod mashinasozlik kasb-hunar kolleji o‘quvchisi, muqaddam sudlangan Ye.I. shu daha oldida fuqaro T.D.ni uxlab yotganligidan foydalanib, uning cho‘ntagidan “MI-5” mobil telefonini olayotgan vaqtida T.D. uyg‘onib qolgan va Ye.I. unga kuch ishlatish yo‘li bilan tan jarohat yetkazib mobil telefonini tashlab, voqea joyidan qochayotgan vaqtida hududda xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:30 / 11.04.2026
Toshkent taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
17:19 / 11.04.2026
Toshkentda havo sifatini yaxshilash: issiqxonalar Surxondaryoga ko‘chiriladi
12:44 / 09.04.2026
Toshkentda avtobusga chiqib yo‘l haqini to‘lamagan 32 ming kishi jarimaga tortildi
09:01 / 09.04.2026