"Özbekenergo" AJ Töraqörğon issiqlik elektr stansiyasi qurilişi uçun elektr uzatiş liniyalari va 220 kVt'li stansiya uçun uskunalar va materiallarni qölga kiritiş maqsadida tender savdo haqida e'lon qildi.
Tender takliflar 2018 yilning 12 noyabrigaça taqdim etilişi kerak. Tanlov savdolari jarayoni Yaponiya tajriba-sanoat işlanmasi zayomlari doirasida xaridlar böyiça körsatmalarga muvofiq amalga oşiriladi, jarayon Zayom şartnomasida belgilanganidek, tegişli mamlakatlarning barça iştirokçilari uçun oçiq.
Ta'kidlaş joizki, Özbekiston Respublikasi hukumati Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (DJAYKA)dan Töraqörğon issiqlik elektr stansiyasi quriliş loyihasini moliyalaştiriş uçun zayom oldi. Bu zayomning bir qismi "Töraqörğon issiqlik elektr stansiyasi qurilişi" şartnomasida közda tutilgan tölovlar uçun qöllanadi.
Töraqörğon IES Farğona vodiysini elektr energiyasi bilan ta'minlaşda asosiy manba bölib xizmat qiladi. Loyiha doirasida ikki zamonaviy va samarali buğ-gaz örnatmalarini öz içiga olgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilişi közda tutilmoqda. Loyihaning boş pudratçisi «Mitsubishi Corporation and Mitsubishi Hitachi Power Systems, Ltd.» (Yaponiya) Konsortsiumi hisoblanadi.
Ayni damda 1-blok quriliş maydoniga asosiy uskunalar yetkazilgan. 2-blok uçun asosiy uskunalar quriliş maydoniga oktabr oyi boşida yetkazilişi rejalaştirilgan.











