Bugun 28 sentabr kuni Tojikiston hukumati qarorgohida MDH davlat rahbarlari kengaşining yiğilişi bölib ötdi. Prezidentlar dastlab tor doirada, söngra delegatsiyalar iştirokida muzokaralar ötkazişdi. 

MDH sammitida Rossiya, Belarus, Qozoğiston, Ozarbayjon, Moldova, Özbekiston, Qirğiziston, Tojikiston prezidentlari, Armaniston boş vaziri hamda Turkmaniston boş vaziri örinbosari iştirok etdi.

MDH davlatlari rahbarlari tor doiradagi muzokaralarda Hamdöstlikning dolzarb masalalari böyiça fikr almaşdilar. Ular joriy yilda MDHda samarali raisligi uçun Tojikistonga minnatdorlik bildirişdi va 2019 yilda raislik qiladigan Turkmanistonga muvaffaqiyatlar tilaşdi, deyiladi MDH Ijroiya qömitasi matbuot xizmati xabarida.

MDH davlat rahbarlarining kengaytirilgan yiğilişida siyosiy hamkorlik, gumanitar, xavfsizlik sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirişni muvofiqlaştiradigan hujjatlar hamda MDH faoliyatini huquqiy va taşkiliy-kadrlar jihatidan takomillaştirişga qaratilgan qator loyihalarni körib çiqdi. 

1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 70 yilligi munosabati bilan davlat rahbarlari tomonidan bayonot imzolandi. 

Yiğilişda Rossiya tomonidan taklif etilgan MDH davlatlarining uruş faxriylarini taqdirlaş uçun “1941-1945 yillardagi Uluğ Vatan uruşidagi ğalabaning 75 yilligi” yagona yubiley medalini ta'sis etiş va tayyorlaş haqidagi taklifiga rozilik berildi. 

Şuningdek, xavfsizlikni ta'minlaş hamda yangi tahdid va çaqiriqlarga qarşi kuraş sohasida qator hujjatlar ma'qullandi. Ular orasida eng muhimi jinoyatçilikka qarşi kuraş böyiça 2019-2023 yillarga möljallangan davlatlararo dastur bölib, u transçegaraviy jinoyatçilikning barça şakllariga qarşi kuraşiş böyiça çora-tadbirlarni öz içiga oladi.

Dasturda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy aylanişiga, odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş böyiça çora-tadbirlar közda tutilgan.

Bu sohadagi yana bir muhim hujjat MDH mamlakatlarining axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatçilikka qarşi kuraşişda hamkorlik qiliş töğrisidagi bitimdir.

Yiğilişda Qirğiziston taşabbusi bilan Butunjahon köçmançilar öyinlari va Çingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi haqidagi bayonotlar imzolandi.