Jumladan, Toshkent viloyati Parkent tumanida yosh yigit qizlarni oilaga tayyorlashga doir pilot loyiha sifatida dastlabki sinov darslari o‘tkazilmoqda.
Yosh yigit-qizlarni oilaga tayyorlash kurslarida bo‘lajak kelin-kuyovlarga oila huquqshunosligi, oila psixologiyasi, oilada ro‘zg‘orni boshqarish, reproduktiv salomatlik, dinda oilaviy munosabatlar, oiladagi ahloqiy va milliy qadriyatlar mavzularida suhbatlar olib borilmoqda.
Tinglovchilar sinov kurslaridan o‘zlari uchun kerakli ma'lumotlarni olayotganlarini ta'kidlashmoqda. Oila qurishga tayyorgarchilik ko‘rishda bunday kurslarning ahamiyati oshishiga umid bildirishmoqda.











