Jahon | 10:24 / 29.09.2018
4848
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada zilzila va sunami oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Foto: Sky News

Indoneziyada sunami (okeanda suvosti zilzilasi yoxud vulqonlarning otilishidan hosil bo‘ladigan ulkan to‘lqin) oqibatida yuz bergan bir nechta zilzila natijasida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, zilzilalar va sunami paytida 12 kishi jarohat olgan.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar soni haqidagi ma'lumotni mahalliy shifoxona vakili tasdiqladi.

28 sentabr kuni Indoneziyada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deyiladi AQSh Geologiya xizmati (USGS) saytida.

Shu bilan birga, mamlakat hududida 5,8 magnitudali zilzilalar seriyasi qayd etildi. Reuters xabarlariga ko‘ra, Indoneziyaning Sulavesi oroliga yuz bergan zilzilalar natijasida balandligi 2 metrgacha bo‘lgan sunami yopirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid